Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborish boshlandi - Ta’lim xabarlari
Bugundan to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborish boshlandi

Bugundan barcha talabalar (1-kurslar ham) yangi o‘quv yili uchun to‘lov shartnomasini olishga onlayn ariza yuborishi mumkin.

 

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

 

“Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring.

 

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

 

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

 

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin”,– deyiladi vazirlik xabarida.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры