Texnikum rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etiladi

Texnikum rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etiladi

Kasbiy ta’lim tizimi rahbar xodimlari uchun menejerlik sertifikati joriy etilmoqda.

2026-2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatini olgan texnikum direktorlariga 50 foiz va uning o‘rinbosarlariga 30 foiz miqdorida har oylik ustama beriladi.

Ushbu imkoniyat Vazirlar Mahkamasining “Kasbiy ta’lim tizimi boshqaruv va pedagog kadrlarini kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 451-son qarori (20.08.2026-y.) bilan tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra:

 

–  kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarining menejerlik o‘quv kurslarida o‘qishi reja-grafik asosida tashkil etiladi;

– har yili 1-dekabrga qadar kasbiy ta’lim tashkilotlarining boshqaruv va pedagog kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasi tasdiqlanadi;

– qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining ta’lim dasturlari ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirib boriladi;

– xorijiy ta’lim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda kasbiy ta’lim tizimi xodimlari uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tashkil etish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, qaror bilan kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari va direktor o‘rinbosarlarini menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish