Oʻqishga kira olmaganlar sinovtest.uz platformasi orqali OTM boʻsh oʻrinlarni koʻrishlari mumkin.
Tahlillar shuni koʻrsatdiki, joriy yilgi mandat yakuni boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida 37 946 ta boʻsh kvota oʻrinlar bor.
Ushbu imkoniyatdan oʻqishga kira olmagan va ikkinchi tanlov bosqichida tanlovni amalga oshirmagan abituriyentlar foydalanishi mumkin.
Vazirlik masʼullari 23-avgust sanasidan boshlab 6-yoʻnalishni tanlash boshlanishini maʼlum qilgan edi. Bunda abituriyent fanlar majmuasiga toʻgʻri keladigan beshtacha taʼlim yoʻnalishi va OTMni tanlashi mumkin.
