Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi

Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi

Toshkent shahrida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

 

Hukumatning 2026-yil 18-avgust kuni “Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 446-son qarori qabul qilindi.

 

Unga koʻra, Toshkent shahridagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutit huzurida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi (Markaz) tashkil etiladi.

 

Markazga maktabgacha ta’lim sohasida bir qator muhim vazifalar yuklatiladi. Bular:

 

  • maktabgacha taʼlim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • YUNESKOga aʼzo mamlakatlarning maktabgacha taʼlim dasturlari va usullari bilan bogʻliq qoʻshma tadqiqotlar oʻtkazish;
  • bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;
  • 2030-yilgacha maktabgacha taʼlim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash.

 

Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash bo‘yicha yangi yondashuvlarni joriy etishga doir takliflar ishlab chiqiladi. Xalqaro treninglar, seminarlar va konferensiyalarni tashkil etish ham Markaz zimmasiga yuklatilgan vazifalar qatoridan o‘rin oladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish