Diqqat! O‘qituvchilarga “20 foizlik ustama” va’da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

Diqqat! O‘qituvchilarga “20 foizlik ustama” va’da qilayotgan firibgarlar paydo bo‘ldi

Samarqand viloyati IIB o‘qituvchilarni soxta onlayn kurs va sertifikat va’dasi orqali pul undirishga qaratilgan yangi firibgarlik sxemasidan ogohlantirdi.

 

Samarqand IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasining ma’lum qilishicha, o‘qituvchilarga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroq qilib, “Kursda o‘qib, 20 foizlik ustamaga ega bo‘ling” deya taklif berishadi.

 

Shundan so’ng zudlik bilan plastik kartaga pul o‘tkazish so‘raladi.

 

Fuqarolar pulni o‘tkazganidan so‘ng esa va’da qilingan sertifikatni olish va firibgarlar bilan qayta bog‘lana olishmaydi.

 

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi o‘qituvchilarni bunday takliflarga ishonmaslikka chaqirmoqda.

 

Eslatma: sertifikatlar uchun to‘lovlar faqat OneID tizimi yoki banklar orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun notanish shaxslarning plastik kartalariga pul o‘tkazmaslik tavsiya etiladi.

 

Avvalroq, attestatsiya jarayonida firibgarlik holatlari ko‘paygani haqida xabar berilgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish