Bugun ‘‘qizil’’ maktablarda ishlash uchun murojaat yuborish yakunlanadi

Bugun ‘‘qizil’’ maktablarda ishlash uchun murojaat yuborish yakunlanadi

2026–2027-oʻquv yilida taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan umumtaʼlim maktablarida ishlash istagini bildirgan oliy va birinchi malaka toifasiga ega oʻqituvchilar uchun murojaatlar yuborish davom etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Murojaatlar qabuli bugun, kun oxirida yakunlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Amaldagi tartibga koʻra, pedagoglar 15-maydan 25-iyulga qadar elektron platformada eʼlon qilingan taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablardan birini tanlab, vakant dars soatlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri maktab direktoriga murojaat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Buning uchun nomzodlar direktor nomiga ariza, doimiy yashash manzili va aloqa maʼlumotlari koʻrsatilgan obyektivka hamda birinchi yoki oliy malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikat nusxasini taqdim etishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlarni saralash maktab direktori boshchiligida tuziladigan ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Agar bir vakant oʻringa ikki yoki undan ortiq nomzod daʼvogarlik qilsa, ular kasbiy bilim va koʻnikmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyati boʻyicha suhbatdan oʻtkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Zaruratga koʻra suhbat onlayn shaklda ham tashkil etilishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarda ishlash uchun pedagoglardan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • tegishli fan yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
  • dars berayotgan fani boʻyicha birinchi yoki oliy malaka toifasiga ega boʻlishi;
  • boshqa hududda kamida bir yil pedagogik faoliyat yuritgan boʻlishi;
  • ishlayotgan maktabi taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga kirmagan boʻlishi talab etiladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Eslatib oʻtamiz, 2026–2027-oʻquv yili uchun taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatiga 303 ta umumtaʼlim maktabi kiritilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunday maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan oliy va birinchi toifali pedagoglarga amaldagi tartibga muvofiq bazaviy tarif stavkasining 50 foizidan 100 foizigacha maxsus ustamalar toʻlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bunda:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

  • bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
  • boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustama toʻlanadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham toʻlanishi koʻzda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim darajasi yuqori boʻlmagan maktablar roʻyxati bilan quyidagi havolada batafsil tanishishingiz mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠