“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham grant asosida o‘qishi mumkinmi?

“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham grant asosida o‘qishi mumkinmi?

Prezident farmoniga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab davlat grantlari har yili qayta taqsimlanadi. Bu esa yuqori natija koʻrsatgan super-kontrakt talabalariga ham grant asosida oʻqishni davom ettirish imkonini beradi.

 

Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF–81-son Farmoniga muvofiq, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga davlat granti bir oʻquv yili uchun ajratiladi.

 

Mazkur tartibga koʻra, har oʻquv yili yakunida grant oʻrinlari yuqori akademik reyting koʻrsatkichlariga ega hamda ijtimoiy faolligi yuqori boʻlgan talabalar oʻrtasida qayta taqsimlanadi.

 

Shu sababli, super-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar ham birinchi kursni yuqori natijalar bilan yakunlasa, keyingi oʻquv yilidan grant asosida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin.

 

Taʼkidlash joiz, ushbu tartib faqat 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga qabul qilingan talabalarga nisbatan qoʻllaniladi va keyingi yillarda ham amal qiladi.

 

Avvalroq, joriy yilgi test sinovlarida 610 ming nafardan ortiq abituriyent ishtirok etgani haqida xabar bergan edik.