Yangi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Yangi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan Konstitutsiyaviy qonun bilan Konstitutsiyaning bir qator moddalari tahrirlandi. Hujjat Prezident Administratsiyasining huquqiy maqomi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzoladi. Hujjat 2026-yil 1-iyul kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, 9-iyul kuni Senat tomonidan maʼqullangan edi.

 

Mazkur qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda ayrim qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, Konstitutsiyaning 15, 109, 131, 134 va 151-moddalari yangi tahrirda bayon etildi yoki qoʻshimchalar bilan toʻldirildi.

 

Jumladan:

  • Konstitutsiyaviy qonun bilan maxsus huquqiy rejim oʻrnatilgan hududlarda ayrim munosabatlarni huquqiy tartibga solishga oid normalar kiritildi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shakllantirilishi, uning rahbari, huquqiy maqomi va faoliyatining asosiy yoʻnalishlari Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyildi;
  • Oliy sud hamda davlat tiliga oid qonunchilik normalari ham yangi tahrirda bayon etildi;
  • “Davlat tili haqida”, “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida” hamda “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonunlarga ham tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qonunning qabul qilinishi Toshkent xalqaro moliya markazining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda maxsus huquqiy rejimni Konstitutsiya darajasida mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etilmoqda.

 

Yangi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi