Bu yildan o‘qishni ko‘chirishda ham milliy va xalqaro sertifikatlar imtiyoz beradimi?

Bu yildan o‘qishni ko‘chirishda ham milliy va xalqaro sertifikatlar imtiyoz beradimi?

15-iyuldan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu yilgi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham milliy va xalqaro sertifikatlar inobatga olinishini ma’lum qildi.

 

Xabaringiz bor, 15-iyuldan 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlanadi. Arizalar qabuli esa 5-avgustga qadar davom etadi.

 

Respublikadagi bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqasiga yoki bir oliygoh ichida o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar transfer.edu.uz platformasi orqali ariza topshirishi mumkin.

 

Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali hujjat topshiradi.

 

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 

  • ariza (onlayn);
  • transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF);
  • akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

 

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 299-son qarori bilan o‘qishni ko‘chirish tartibiga muhim o‘zgartirishlar kiritilgani haqida xabar bergan edik.

 

Unga ko‘ra, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirishda chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball berish tartibi joriy etilgan.

 

Bu tartib 2026-yildan amal qiladimi?

 

Mazkur masala yuzasidan ko‘plab savollar kelib tushgani sababli Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi aniqlik kiritdi.

 

Unga ko‘ra, 299-son qaror 2026-yil 12-iyundan kuchga kirgan. Shu bois unda nazarda tutilgan tartiblar 2026-yildagi o‘qishni ko‘chirish jarayonida ham to‘liq qo‘llaniladi.

 

Ya’ni, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlariga mos va turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar chet tili hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, ularga tegishli fanlardan tabaqalashtirilgan yoki maksimal ball beriladi.

 

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishni koʻchirish boʻyicha maxsus sinovlarning oʻtish ballari tasdiqlandi — Batafsil

 

O‘qishni ko‘chirish: arizalar qachon va kim tomonidan ko‘rib chiqiladi? — Batafsil

 

Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish uchun qancha to‘lov undiriladi? — Batafsil

 

15-iyuldan o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Talabgorlar nimalarni bilishi kerak? — Batafsil

 

O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi — Batafsil