Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 8,5 mingdan oshdi

Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 8,5 mingdan oshdi

O‘zbekistonda ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 8 555 taga yetdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, respublikada ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 8 555 tani tashkil etgan.

 

Mazkur ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan qariyb 2,2 ming taga yoki 34,1 foizga ko‘paygan.

 

Mazkur koʻrsatkich yillar kesimida quyidagicha (1-may holatiga):

 

  • 2022-yil – 6 443 ta;
  • 2023-yil – 6 478 ta;
  • 2024-yil – 6 370 ta;
  • 2025-yil – 6 380 ta;
  • 2026-yil – 8 555 ta.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026-yilning yanvar–aprel oylarida ta’lim xizmatlari hajmi 14,5 trillion so‘mga yetgani hamda ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilayotgani haqida xabar berilgandi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish