Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?

Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari bir bosqichda test shaklida o‘tkaziladi. Imtihonlarda matematika, ingliz tili hamda tabiiy fanlar bo‘yicha topshiriqlar beriladi.

 

2026/2027-o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ushbu maktablarning hududlardagi filiallarida kirish imtihonlari bir bosqichda o‘tkaziladi.

 

Jumladan:

 

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabi kirish imtihonlari axborot texnologiyalari yoʻnalishi boʻyicha:

 

— 5-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabi kirish imtihonlari biologiya va kimyo yoʻnalishi boʻyicha:

 

— 7-sinflar uchun tabiiy (science) fanlaridan (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanidan (jami 45 ta) test shaklida oʻtkaziladi.

 

Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabida fizika va astronomiya yoʻnalishi boʻyicha:

 

— 7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq, shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yoʻnaltirilgan) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida oʻtkaziladi.

 

Avvalroq, Muhandislik maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.