Prezidentning 2026-yil 29-apreldagi 70-son Farmoniga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlarining “70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit” magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlari 2026/2027 oʻquv yili uchun 25 foizga oshiriladi.
“2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga muvofiq har yarim yilda iqtisodiyotning energiya sigʻimini hisoblash va tegishli maʼlumotlarni eʼlon qilib borish amaliyoti joriy qilinadi.
2026-yil 1-sentyabrgacha oliy taʼlim tashkilotlari uchun energiya samaradorligi hamda energiya tejamkorligiga oid amaliy bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan mavzular tegishli fanlarning oʻquv dasturlariga kiritiladi va amaliyotga joriy etiladi.
2026/2027 oʻquv yilidan maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida tegishlicha tarbiyalanuvchi, oʻquvchi va talabalarda energiya tejamkorligi boʻyicha bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etib boriladi.
Iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari va tegishli vazirlik, idoralar ehtiyojini hisobga olgan holda texnika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining “70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit” magistratura mutaxassisligi boʻyicha oʻqishga qabul qilish parametrlari 2026/2027 oʻquv yili uchun 25 foizga oshiriladi.
Farmon bilan tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlar va ularga erishish tadbirlari bajarilishining nazorati “Energiya tejamkorlik” platformasi orqali yuritiladi.
Kundalik hayotda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish koʻnikmalarini singdirishga qaratilgan “Energiya samaradorligi – farovon hayot garovi” umummilliy harakatini yoʻlga qoʻyiladi hamda aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlari amalga oshiriladi.
