Sertifikati bor oʻquvchilarni yakuniy imtihonlardan ozod qilish tartibi tasdiqlandi

Sertifikati bor oʻquvchilarni yakuniy imtihonlardan ozod qilish tartibi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 15-apreldagi 138 -sonli buyrugʻi bilan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga yakuniy imtihonlarda qoʻshimcha imtiyoz belgilash tartibi tasdiqlandi.

 

Unga ko’ra, sertifikatlar roʻyxatida keltirilgan (minimal darajadagi) milliy va xalqaro sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladi.

 

Oʻquvchilar tomonidan olingan xorijiy tillar hamda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlarni yuklash, haqiqiyligini tekshirish va tasdiqlash bilan bogʻliq zaruriy amallarni bajarish yuzasidan “erp.maktab.uz” elektron platformasida qoʻshimcha funksiyalar ishga tushiriladi.

 

Maktablarda belgilangan masʼul xodim tomonidan sertifikatlarga ega boʻlgan oʻquvchilar roʻyxati shakllantirilib boriladi. Bunda, roʻyxat shakllantirish uchun sertifikatning elektron nusxasi olinib, asl nusxasi egasiga qaytariladi.

 

O’quvchilar tegishli fan boʻyicha yakuniy imtihonni topshirishdan ozod etiladigan sertifikatlar ro’yxati – Faylni yuklash