Prezident davlat stipendiyasiga munosib ko‘rilgan tayanch doktorantlar ro‘yxati e’lon qilindi

Prezident davlat stipendiyasiga munosib ko‘rilgan tayanch doktorantlar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Hayʼat qarori bilan 2026-yil uchun tayanch doktorantura 2-bosqich doktorantlarining 10 nafari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi gʻoliblari sifatida tasdiqlandi.

 

Shuningdek, tanlovda ishtirok etib, gʻolib boʻlmagan tayanch doktorantlar tanlovning yakuniy bosqichigacha muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishga tavsiya etildi.

 

Avvalroq, 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichining 22 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi tanlovi g‘olibi sifatida tasdiqlangani haqida xabar bergan edik.

 

Maʼlumot oʻrnida, tanlovga nomzod sifatida 41 ta oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlardan 72 nafar tayanch doktorant hujjat topshirib, texnik ekspertiza xulosasiga koʻra, 68 nafar nomzod Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan maxsus test sinovlaridan oʻtishga tavsiya etildi.

 

Test sinovlarida 65 nafar nomzod ishtirok etib, yakuniy bosqichda Maxsus tanlov komissiyasi tomonidan oʻtkazilgan suhbat natijalariga koʻra nomzodlardan 10 nafari yashirin ovoz berish yoʻli bilan gʻoliblikka tavsiya etilgan.

 

Prezident davlat stipendiyasi g‘oliblari ro‘yxati:

 

Prezident davlat stipendiyasiga munosib ko‘rilgan tayanch doktorantlar ro‘yxati e’lon qilindi