Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga maktab ta’limi tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish stajiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati tasdiqlandi. Bular:
– boshlang‘ich ta’lim;
– tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;
– musiqa ta’limi;
– jismoniy madaniyat;
– texnologik ta’lim.
Bunda kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan va hozirda faoliyat koʻrsatib kelayotgan pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan olinadi.
Ma’lumot uchun, Prezidentning PQ-289-son (21.06.2022-y.) qarorida pedagogika sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga ta’lim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega bo‘lgan va ro‘yxatdan o‘tish davrida ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi shaxslar qabul qilinishi belgilangan.