Andijon shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Muxtorjon Mo’ydinov xalqaro SAT imtihonidan maksimal — 1600 ball natija qayd etdi.
Shuningdek, u xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili bilim darajasini baholovchi IELTS imtihonida 8 ball natijani qayd etgan.
Ma’lumot uchun: SAT (Scholastic Assessment Test) imtihoni 400-1600 ball oralig‘ida baholanib, dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalariga kirishda muhim mezon hisoblanadi.
Avvalroq, Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Yandillayev Ibrohim Bahodirovich xalqaro SAT imtihonida ishtirok etib, 1590 ball to‘plaganligi haqida xabar bergan edik.
