Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi

2025-yil 17-dekabr kuni “Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Hukumatning qarori 795-sonli qarori qabul qilindi.

 

Qarorga koʻra, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi.

 

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

 

– nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasI, nochiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarning muammolari boʻyicha ilmiy anjumanlar tashkil etish;

– oliy taʼlim tashkilotlarida iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etish orqali yuqori salohiyatli yosh nazariyotchi fiziklarni tayyorlashda oliy taʼlim tashkilotlariga koʻmaklashish;

 

– fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari va istiqbollari toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlar tayyorlash.

 

Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

– boshqa ilmiy tashkilotlar, jamgʻarmalar, oʻquv muassasalari, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun shartnomalar tuzish;

– ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boshqa maʼlumotlarni davlat organlari va tashkilotlaridan soʻrash va bepul olish.