Talabalar uchun Shveysariyada xarajatlari qoplanadigan 2 oylik yozgi tadqiqot dasturi — ETH Student Summer Research Fellowship taqdim etiladi.
Dasturdan asosiy maqsad bakalavriat va magistratura talabalariga oʻzlari tanlagan sohasida birinchi tadqiqot tajribasini olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
Quyidagi sohalarda tadqiqot olib borish imkoniyati mavjud:
– Programming Languages and Software Engineering;
– Theory;
Dastur 2026-yil 1-iyuldan 28-avgustgacha davom etishi rejalashtirilgan.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Maqbullik shartlari
Kompyuter fanlari yoki unga yaqin yoʻnalish (masalan, elektrotexnika, matematika, fizika) boʻyicha bakalavr yoki magistratura dasturida oʻqiyotgan talabalar qatnashishi mumkin.
Dasturda toʻliq qatnashish kerak.
Ingliz tilini yaxshi bilish lozim. Til bilish sertifikati soʻralmasa ham ingliz tilini yaxshi bilish talab etiladi va u suhbat davomida baholanishi mumkinligini inobatga olish kerak.
Hozirgi bakalavriat yoki magistratura dasturidagi kutilayotgan bitiruv sanasi dastur tugagan yildan keyingi yilga yoki undan keyinga toʻgʻri kelishi kerak.
Dastur boshlanguncha nomzod kamida ikki yillik oʻqishni tamomlagan boʻlishi lozim (magistratura talabalari bu shartga tabiiy ravishda mos keladi).
Muhim: Ishtirokchi tanlagan tadqiqot yoʻnalishlari boʻyicha kurs yoki loyihalar orqali maʼlum bilimlarga ega boʻlishi kerak. Bu yoʻnalishni noldan oʻrganish gʻoyasi bilan sohani tanlamaslik talab qilinadi.
Foydali tomonlari
Dastur bir qator qulayliklarni taqdim etadi:
– turar joy va yashash xarajatlarini qoplash uchun 4,000 CHF (~5,000$) miqdorida stipendiya beriladi;
– sayohat va viza xarajatlari qoplanadi;
– turar joy bilan taʼminlanadi;
– Shveysariyaning goʻzal togʻli manzaralarini oʻrganish imkoniyati.
Eslatma: Talabalar dastur boshida sayohat xarajatlarini sarflagan xarajatlari koʻrsatilgan cheklar boʻyicha qaytarib olishlari mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumotlar
Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 16-dekabr, 2025-yil (04:00);
Natijalar haqida 2026-yil fevral oyi oxiriga qadar elektron pochta orqali xabar beriladi;
Email: ssr_fellowship@inf.ethz.ch;
Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:
