Olmaliqlik o‘quvchi asosiy fan olimpiadasida ingliz tili fanidan 100 foizlik natijani qayd etdi

Olmaliqlik o‘quvchi asosiy fan olimpiadasida  ingliz tili fanidan 100 foizlik natijani qayd etdi

Xabaringiz bor joriy yil 24-noyabrdan 3-dekabrga qadar respublika bo‘ylab, asosiy fan olimpiadasining hudud bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

 

Olimpiadaning Toshkent viloyati bosqichi Nurafshon shahridagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazildi.  Sinovlarda tuman bosqichlarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.

 

Jumladan,Olmaliq shahar 5-umumta’lim maktabining 10-“A” sinf o‘quvchisi Saida’zimxon Akromxonov 24-noyabrdan 3-dekabrga qadar davom etgan asosiy fan olimpiadasida ingliz tili fani doirasida sinovlarda ishtirok etdi.

 

Olmaliqlik o‘quvchi test savollarida  100 foizlik natijani qayd etib, tengdoshlari orasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

 

Avvalroq, oltiariqlik o‘quvchi fan olimpiadasining hududiy bosqichida tarix fanidan 100 ballik natijaga erishgani haqida xabar bergan edik.