Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025/2026 oʻquv yilida 2026-yil uchun sinf komlektlarini shakllantirish boʻyicha qo‘shma xati e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, quyidagilar belgilangan:
a) 2025–2026 o‘quv yilida umumta’lim maktablarining hamda yangidan tashkil etilgan sinflarni amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida komplektlash, dasturiy majmuada shakllantirish hamda iqtisodiyot va moliya bo‘limmalari tomonidan tasdiqlash;
– sinfdan sinfga o‘tuvchi (kam komplektli) sinflarda o‘quvchilar sonini xatlovdan o‘tkazish va o‘quvchilar kontingenti pasaygan barcha hollarda sinflar va maktablar o‘rtasida o‘quvchilarni qayta taqsimlash masalasini ko‘rib chiqish;
– sinflarni jamlashni tashkil qilishda sinf xonalarining namunaviy rejasiga, ularda parta va stollarni joylashtirish imkoniyatiga, ayniqsa asossiz ravishda sinflar to‘ldirilishi pasayib ketgan hududlarga e’tiborni kuchaytirish – muddat 5-dekabrgacha;
b) pedagog kadrlarning malaka toifalari, xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlari, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbar xodimlar ro‘yxatlarini yagona elektron tizim (erp.maktab.uz) dasturiy majmuasida to‘liq shakllantirish – muddat 8-dekabrgacha;
d) umumta’lim maktablarining tarifkatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish va tasdiqlash – muddat 10-dekabrgacha;
e) umumta’lim maktablari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining shtatlar jadvalarini amaldagi qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida to‘g‘ri shakllantirish, iqtisodiyot va moliya bo‘limmalari tomonidan tasdiqlash hamda vazirlikka yuborish – muddat 12-dekabrgacha;
f) 2026-yil uchun xarajatlar smetasini shakllantirish va vazirlikka yuborish – muddat 15-dekabrgacha amalga oshirilishini ta’minlash;
g) sinflarni komplektlash, tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish hamda shtatlar jadvalini tasdiqlashda hudud mablag‘larini tejash hamda samarasiz xarajatlarni maqbullashtirishga alohida e’tibor qaratishingiz so‘raladi.
Shu o‘rinda mazkur vazifalarni amalga oshirilishiga shaxsan birinchi rahbarlar javobgar ekanligini eslatib o‘tamiz.
Qo‘shma xat bilan to‘liq tanishish — Faylni yuklash
