Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun davlat grantiga qayta qabul ochildi

Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun davlat grantiga qayta qabul ochildi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq tasdiqlangan 2025/2026-oʻquv yili uchun respublikada faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat granti asosida ajratilgan 1 320 ta o’rindan vakant qolgan o’rinlar uchun qo’shimcha tanlov o’tkazilishi belgilandi.

 

Bunda:

 

–  2025-yil 25-noyabrdan 4-dekabrga qadar (shu kuni ham) muayyan xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz  platformasi orqali online ro‘yxatdan o‘tadi.

 

Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun 2025-yil 11-dekabrga qadar test sinovlari oʻtkaziladi.

 

Test sinovlari o‘tkazish sanasi, vaqti va manzili haqidagi ma’lumotlar abituriyent shaxsiy kabineti orqali e’lon qilinadi.

 

Talabgorlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz  saytidagi shaxsiy kabinetidan olishlari mumkin.

 

Eslatma: O’zbekiston Respublikasi Prezidenitning 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlardan belgilangan miqdordagi toʻlov undiriladi.

 

Belgilangan miqdordagi toʻlovlarni o‘z vaqtida to‘lamagan abituriyentlar test sinovlariga qo‘yilmaydi va tanlovda ishtirok etmaydi.

 

Abituriyentlarning oʻtkazilgan test sinovlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketlik tartibiga qatʼiy rioya qilgan holda shakllantiriladi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun 2025-yil 15-dekabrga qadar tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etiladi.