O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirdi

O‘zbekistonning 6 ta universiteti fanlararo tadqiqotlar bo‘yicha dunyoning eng yaxshi 500 talik reytingiga kirdi

2025-yil 20-noyabr kuni Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi tomonidan “Interdisciplinary Science Rankings 2026” — fanlararo ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingi e’lon qilindi.

 

Ushbu baholashda 94 mamlakatdan 1 267 ta oliy ta’lim muassasasi ishtirok etgan.

 

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonning 34 ta oliy ta’lim tashkiloti reytingga kiritilgan bo‘lib, ularning 6 tasi eng yaxshi 500 talik ro‘yxatdan o‘rin olib, qolganlari esa “reporter” – nomzod maqomida qayd etilgan. Jumladan:

 

– “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti — 150-o‘rin;

 

– Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 201–250-o‘rin;

 

– O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti — 301–350-o‘rinlar;

 

– Toshkent davlat transport universiteti — 351–400-o‘rin.

 

Mazkur natijalar O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida fanlararo ilmiy izlanishlar, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish borasida izchil taraqqiyot kuzatilayotganini ko‘rsatadi.

 

Avvalroq, O‘zbekistonning 9 ta oliygohi QS Barqaror rivojlanish reytingidan joy olgani haqida xabar bergan edik.