2026-yil yanvardan maktablarda “Ombudsman soati” joriy etilishi mumkin

2026-yil yanvardan maktablarda “Ombudsman soati” joriy etilishi mumkin

Muhokamalar portalida “Oʻzbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi jahon taʼlim dasturining beshinchi bosqichini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Loyihaga ko‘ra:⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– har yili dekabr oyida “Inson huquqlari haftaligi” o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Uning doirasida barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” festivali (ochiq eshiklar kuni) tashkil etiladi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 2026-yil iyundan boshlab “Bolalar va yoshlar uchun inson huquqlari ta’limi: gender tengligi, iqlim o‘zgarishi va raqamli inklyuziya” nomli milliy innovasion tashabbuslar tanlovi yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tanlov uchun maxsus Nizom ishlab chiqiladi va u har yili muntazam o‘tkazilib boriladi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 2026-yil dekabrdan inson huquqlari ta’limi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovi e’lon qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bunda ilmiy mavzular shakllantiriladi, ekspertiza asosida saralanadi va davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtiriladi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 2026-yil yanvardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida “Ombudsman soati” joriy etiladi;⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2026–2029-yillar davomida maktablarda “Kelajak soati” darslari mazmuniga inson huquqlari mavzularini kiritish rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ O‘quvchilar o‘rtasida “Mening huquqlarim” mavzusida insholar, rasmlar va videoroliklar tanlovlari o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Professional va oliy ta’lim muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” fanlarining o‘qitilishi muntazam monitoring qilinadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2026-yil sentyabrdan “Mening raqamli huquqlarim” mavzusida respublika bo‘ylab interfaol treninglar, debatlar, “Digital Rights Week” tadbirlari va #MyDigitalRights xeshteg kompaniyasi o‘tkazish taklif etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠