Saida Mirziyoyeva Samarqandda yangi bolalar kutubxonasining konsepsiyasi bilan tanishdi. U 1911-yilda barpo etilgan tarixiy binoda joylashadi.
Bu kutubxona Toshkentdagi kutubxonaga oʻxshab, madaniy oʻziga xosligini saqlagan holda restavratsiya qilinadi. Loyiha bolalar, oʻsmirlar va ularning ota-onalari uchun ijodiy maskanga aylanishi kutilmoqda.
Loyiha doirasida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar uchun audiofond tashkil etish rejalashtirilgan.
‘‘Kutubxona fondi 120 000 jild kitobdan iborat boʻladi va ular oʻzbek, rus va ingliz tillarida boʻladi.
Bu Samarqand ahli uchun ajoyib, ma’naviy boylikka to‘la jozibador maskan boʻlishi shubhasiz. Loyihaga muvaffaqiyat tilab qolaman!’’ — dedi Saida Mirziyoyeva.
