Attestatsiyadagi testlar boʻyicha eʼtirozlari oʻrinli boʻlgan pedagoglarga  tegishli ballar qoʻshib berilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda (ayniqsa, telegram guruhlari)da 2024-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyada ishtirok etgan pedagoglarning barchasiga ikki (toʻrt, olti va h.k.z.) balldan qoʻshib berilganligi toʻgʻrisida asossiz tarqalgan xabarlarga nisbatan munosabat bildirildi.

 

Xabarga ko’ra, attestatsiya jarayonida foydalanilgan test topshiriqlari boʻyicha kelib tushgan eʼtirozlar belgilangan tartibda oʻrganilib chiqilgan.

 

Fan ekspertlarining xulosasi hamda Apellyatsiya komissiyasining qaroriga asosan faqatgina eʼtirozlari oʻrinli boʻlganlarga (shuningdek, ushbu savollar tushgan boshqa ishtirokchilarga ham, ular murojaat qilgan yo qilmaganliklardan qatʼi nazar) shu savollar uchun tegishli ballar qoʻshib berilgan.

 

Eslatma! Pedagog kadrlar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar vakolatli vazirliklarning (Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi) rasmiy manbalarida eʼlon qilinadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры