Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi – vazirlik - Ta’lim xabarlari
Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari o‘tkaziladi – vazirlik

2024/2025-o‘quv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika bo‘yicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilishi belgilandi.

 

Bu haqida vazirlikning Telegramdagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

 

“Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

– o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;
– ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari so‘raladi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

 

Ta’kidlash lozim, oldinroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ijodiy imtihonlar 1–25- iyul kunlari, kirish test sinovlari esa 14-iyuldan 28-iyulgacha o‘tkazilishi rejalashtirilganini bildirgandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры