Bilasizmi? Umumta’lim muassasalari xodimlariga yil davomida ikki lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi - Ta’lim xabarlari
Bilasizmi? Umumta’lim muassasalari xodimlariga yil davomida ikki lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli (30.09.2019 yildagi 823-son) qaroriga muvofiq umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam kalendar yil davomida ikki lavozim maoshi (o‘qituvchining tarif stavkasi) miqdorigacha xodimning o‘zi va yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi.

 

Ta’kidlash lozim, 01.12.2023-yil holatiga ko‘ra, maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalar miqdori quyidagicha belgilangan:

 

🔹 oliy malaka toifasi uchun — 4 064 867 so‘m;
🔹 birinchi malaka toifasi uchun — 3 678 383 so‘m;
🔹 ikkinchi malaka toifasi uchun — 3 301 057 so‘m;
🔹 mutaxassislar uchun — 2 948 543 so‘m;
🔹 o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar uchun— 2 756 196 so‘m etib belgilangan.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalar miqdori

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры