Magistraturaga qabul davom etmoqda. Yangilangan til sertifikatlari haqida eng asosiy ma’lumotlar (yo‘nalish va til darajalari kesimidagi to‘liq ro‘yxat) - Ta’lim xabarlari
Magistraturaga qabul davom etmoqda. Yangilangan til sertifikatlari haqida eng asosiy ma’lumotlar (yo‘nalish va til darajalari kesimidagi to‘liq ro‘yxat)

Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 2-bobida magistratura va doktoranturaga kirishda tan olinadigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlangan.

 

Oliy taʼlim vazirining buyrugʻi (65-son, 23.03.2023) bilan solishtirganda quyidagi sertifikatlarni ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan:

 

Ingliz tili bo‘yicha

 

– Test of English for International Communication (TOEIC)*

 

Fransuz tili

 

– Test de Connaissance du Francais (TCF)

 

Itaylan tili bo‘yicha

 

– Certificatos di Conoscenza della Lingua Italiana (CELI)

 

– Certificazione di Italiano come Lingua Straniera (CILS)

 

Yapon tili bo‘yicha

 

– Japanese Language Proficiency Test (JLPT)

 

Nemis tili bo‘yicha

 

– Deutsches Sprachdiplom (DSD II)

 

Arab tili bo‘yicha

 

– The Arabic Language Proficiency Test, Arabic Proficiency Test (ALPT, APT, E-TOAFL, American Council on the Teaching of Foreign Languages (ACTFL)

 

Mazkur qaror kuchga kirgunga qadar olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar imtiyoz qoʻllaniladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Prezident Farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgan edi.

 

Quyida 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida tanishishingiz mumkin.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры