Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichiga start berildi - Ta’lim xabarlari
Nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning III bosqichiga start berildi

 

Saralashning yakuniy bosqichi Matematika va Fizika fanlaridan 19-20-mart kunlari Toshkent viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazida tashkil etilmoqda.

 

Matematikadan ishtirokchilarga 2 kun davomida yozma ish uchun 3 tadan masala berilib, har bir masala 7 balldan, barcha masalalar umumiy 42 ball bilan baholanadi. Masalalarni yechish uchun ishtirokchilarga har kuni 4,5 soatdan vaqt beriladi.

 

Fizikadan esa ishtirokchilarga birinchi kuni yozma ish uchun 3 ta topshiriq beriladi, har bir topshiriq 10 balldan, umumiy 30 ball bilan baholanadi, topshiriqlarni bajarish uchun 4 soat vaqt ajratiladi. Ikkinchi kun esa ishtirokchilarga amaliy ish topshirig‘i beriladi, 20 ball bilan baholanadi, 3 soat vaqt ajratiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, matematika fanidan eng yaxshi natija qayd etgan 6 nafar o‘quvchilar nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga qabul qilinadi hamda ular joriy yilning 11-22-iyul kunlari Buyuk Britaniyada o’tkaziladigan nufuzli xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) ishtirok etadi.

 

Shuningdek, mazkur terma jamoa nufuzli xalqaro olimpiadaga tayyorgarlikni sinovdan o’tkazish, o’quvchilarni psixologik tayyorlab borish hamda tajriba orttirish maqsadida Bolqon matematika olimpiadasida ham ishtirok etadi.

 

Fizika fanidan saralash olimpiadasiga natijalariga ko’ra dastlabki 8 nafar o‘quvchilar joriy yilning 3-10-iyun kunlari Malayziyada o‘tkaziladigan 24-Osiyo fizika olimpiadasi (APhO)da qatnashadi.

 

Mazkur mintaqaviy xalqaro olimpiada natijasiga ko‘ra yuqori ball to‘plagan 5 nafar o‘quvchilar terma jamoa tarkibiga kiritiladi hamda ular 21-29-iyul kunlari Eron davlatida o’tkaziladigan nufuzli xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO)da ishtirok etadi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры