Attestatsiyadagi muammolarning eng yaxshi yechimi sifatida topshiriqlarni va ularning javoblarini rasman e’lon qilish taklif etildi

Attestatsiyadagi muammolarning eng yaxshi yechimi sifatida topshiriqlarni va ularning javoblarini rasman e’lon qilish taklif etildi

Avval Fan olimpiadalari boʻyicha iqtidorli oʻquvchilar bilan ishlash departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan Umid Rahmonov attestatsiya jarayonlari bo‘yicha facebook sahifasida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

 

Mutaxassisning yozishicha, attestatsiyadagi muammolarning eng yaxshi yechimi topshiriqlarni va ularning javoblarini rasman e’lon qilish yoki imtihon kuni barcha ishtirokchiga o’z variantlarini qog’ozda berib yuborishdir.

 

Uning fikricha, shunda savol tuzayotgan mualliflar ham boshqacha mas’uliyat bilan yondashadi, tushunmovchiliklar va kelishmovchiliklarning ancha qismi hal bo’ladi, “aybdor” aniq bo’ladi, muammo qayerdaligi kelib chiqadi.

 

‘‘Attestatsiyadagi muammolarning eng yaxshi yechimi topshiriqlarni va ularning javoblarini rasman e’lon qilish yoki imtihon kuni barcha ishtirokchiga o’z variantlarini qog’ozda berib yuborish.

 

Shunda savol tuzayotgan mualliflar ham boshqacha mas’uliyat bilan yondashadi, tushunmovchiliklar va kelishmovchiliklarning ancha qismi hal bo’ladi, “aybdor” aniq bo’ladi, muammo qayerdaligi kelib chiqadi.

2021-yildan boshlab shu amaliyotni fan olimpiadalariga joriy qilganimiz ancha muammolarni bartaraf qilgan edi va qilmoqda.

Mutasaddilar o’ylab ko’rsa, foydadan holi bo’lmasa kerak.

PS: Falon davlatda topshiriqlar berib yuborilmaydi, uning intellektual mulki …. degan “kreativ” fikrlardan yiroqlashish kerak, ishtirokchilarning dastlab ishonchini qozonish zarur deb hisoblashadi, ular aybdor bo’lsa, hammaning ko’z o’ngida uni ko’rsatib berish masalaning to’g’ri yechimi bo’lsa, kerak!

Bu bir maslahat va taklif, ikki tomonga ham omad tilayman!’’, — deb yozadi u.

 

Attestatsiyadagi muammolarning eng yaxshi yechimi sifatida topshiriqlarni va ularning javoblarini rasman e’lon qilish taklif etildi