Prezident “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi

Prezident “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi

Bugun, 30-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda oʻtayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq soʻzladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

 

Oʻzbekistonning tashabbusi bilan “Xiva jarayoni: Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish” rezolyutsiyasi, (2021-yil), “Kichik yoshdagi bolalarga gʻamxoʻrlik qilish va taʻlim berish boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi” hamda “Axborotdan erkin foydalanish xalqaro kuni munosabati bilan Toshkent deklaratsiyasi” (2023-yil) kabi muhim hujjatlar qabul qilindi”, dedi Prezident.

 

Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qoʻshimcha tadbirlar oʻtkaziladi. Jumladan, koʻhna Buxoroda ilk marta zamonaviy sanʻat biyennalesi boʻlib oʻtmoqda, poytaxtda YUNESKO shafeligida Maktabgacha taʻlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlanadi, muzeylar faoliyatida sunʻiy intellektning oʻrni va ahamiyatiga bagʻishlangan xalqaro anjuman tashkil etiladi, Oʻzbekiston oliy taʻlim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qoʻshiladi.

 

Shavkat Mirziyoyev axborot texnologiyalarini puxta oʻzlashtirgan va kreativ fikrlaydigan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini aytib, sunʻiy intellektni taʻlim tizimiga keng joriy etish maqsadida yurtimizda YUNESKO ishtirokida “Sunʻiy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirishga tayyorligini maʻlum qildi.

 

“Dunyo maʻnaviy xazinasini jamlagan ushbu dastur yaratilgan sanani har yili nishonlash maqsadida 19-noyabrni “Hujjatli meros xalqaro kuni”, deb eʻlon qilishni, shuningdek, YUNESKO tuzilmasiga kiradigan Raqamli meros boʻyicha xalqaro institutni tashkil etishni taklif qilamiz” dedi Shavkat Mirziyoyev.