Bir oydan so‘ng kirish test sinovlari boshlanadi. Imtihonlar oldidan nimalarni bilishimiz kerak? - Ta’lim xabarlari
Bir oydan so‘ng kirish test sinovlari boshlanadi. Imtihonlar oldidan nimalarni bilishimiz kerak?

Roppa-rosa 1 oydan so‘ng, 14-iyuldan 28-iyulga qadar oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladi.

 

Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

 

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

 

2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

 

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

 

Ta’kidlash lozim, joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi.

 

Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi.

 

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida (170 ming so‘m) to‘lovni amalga oshiradi.

 

Bunda quyidagi abituriyentlardan to‘lov undirilmaydi:

 

– test sinovlari tashkil etilayotgan yilda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar (maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablari bitiruvchilari);

 

– nogironligi bo‘lgan shaxslar;

 

– to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar (“Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari);

 

– “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;

 

– “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

 

To‘lovni amalga oshirmaydigan abituriyentlar uchun invoys shakllantirilmaydi va qayd varaqasining quyi qismida nima uchun to‘lovdan ozod etilgani to‘g‘risida ma’lumot ko‘rsatiladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры