1-bosqich talabalari uchun sentabr va oktabr oyi ijara pullari shartnomasiz ham to'lab beriladi - Ta’lim xabarlari
1-bosqich talabalari uchun sentabr va oktabr oyi ijara pullari shartnomasiz ham to’lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son (https://lex.uz/docs/-5657191)qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi bo‘yicha arizalarni onlayn yuborish imkoniyati yaratildi.

 

 

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

 

1.  Kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
2.  Shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi.
3. “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

 

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

 

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры