‘‘Tabiat uyg‘unligi himoyachisi’’ tanlovi g‘oliblari farzandlarining kontrakt summasini ayrim qismi to‘lab beriladi

‘‘Tabiat uyg‘unligi himoyachisi’’ tanlovi g‘oliblari farzandlarining kontrakt summasini ayrim qismi to‘lab beriladi

Hukumatning 2024-yil 16-avgustdagi 514-son qaroriga ko’ra, “tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovi gʻoliblarining davlat oliygohida toʻlov-kontrakt asosida o‘qiyotgan bo‘lsa kontrakt summasini ayrim qismi qoplab beriladi.

 

 

Quyidagilar tanlovni oʻtkazishning asosiy vazifalari hisoblanadi:

 

 

– aholi orasida ekologik bilim va madaniyatni targʻib qilish;

 

– aholining tabiatni asrash borasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish;

 

– chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning ekologik xavfsiz tizimini takomillashtirish;

 

– chiqindilarning aholi salomatligiga va atrof-muhitga salbiy taʼsirining oldini olish;

 

– sohada koʻp yillar sadoqat bilan faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar mehnatini munosib ragʻbatlantirish;

 

– koʻp yillar faoliyat yuritib kelayotgan soha xodimlarining farzandlari va nevaralarining taʼlim olishini qoʻllab-quvvatlash.

 

 

“Tabiat uygʻunligi himoyachisi” tanlovi gʻoliblarining davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirgan farzandlari yoki nevaralariga bir yillik kontrakt summasi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravaridan ortiq boʻlmagan qismi toʻlab beriladi.

 

 

Bunda talabalar zimmasiga kelgusida davlat organlari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlab berish majburiyati yuklanadi.