Bugun ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni

Bugun ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni

Xabaringiz bor, umumta’lim fanlaridan 2025-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlar oktyabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

 

 

Talabgorlar ona (o’zbek, qoraqalpoq va rus) tili va adabiyot fanlaridan milliy sertifikat imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 10-oktyabrga qadar (shu kuni ham) davom etdi.

 

 

To‘lov qilish 11-oktyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. Test sinovlari 1-2-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 

Milliy sertifikat uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda imtihonlarda ishtirok etishlari mumkin.

 

Bugun ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoniga to‘lov qilishning oxirgi kuni

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish