Uy-joy xaridida o‘qituvchilarga ham subsidiya beriladimi?

Uy-joy xaridida o‘qituvchilarga ham subsidiya beriladimi?

Prezidentning 2023-yil 13-apreldagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholining uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-51-son farmoniga ko‘ra, ayrim toifadagi o‘qituvchilarga imtiyozli shartlarda subsidiya ajratilishi belgilangan.

 

Joriy yilgi arizalar qabuli 2-oktyabrdan  boshlandi.

 

Ariza topshirish uchun o‘zingizga qulay bo‘lgan uch usuldan birini tanlashingiz mumkin:

Davlat xizmatlari markazlari (yagona darcha)ga bevosita murojaat qilish.

my.gov.uz portali orqali elektron tarzda.

MyGov mobil ilovasi orqali.

Imtiyozdan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan toifaga kasb-hunar ta’limi muassasalarida muhandislik, ishlov berish va qurilish yo‘nalishlarida dars beruvchi o‘qituvchilar hamda o‘quv amaliyotini olib boruvchi ta’lim ustalari kiradi. Ularga uy-joy xarid qilish uchun subsidiya imtiyozli asosda beriladi.