TOP-300 oliygohlarga kirgan bo‘lajak o‘qituvchilarga 20 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratiladi

TOP-300 oliygohlarga kirgan bo‘lajak o‘qituvchilarga 20 ming dollargacha imtiyozli kredit ajratiladi

Prezidentning O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tabrik nutqida pedagoglarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ma’lum qilindi.

 

 

15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

 

 

Davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foizlik chegirma joriy etiladi.

 

O‘qituvchilar zamonaviy kompyuter texnikasini xarid qilishlari uchun 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

 

 

Yangi yildan boshlab ta’lim sohasi xodimlari uchun davlat xizmatlari to‘lovi ikki barobar kamaytiriladi.

 

Dunyoning TOP-300 talik oliygohlariga o‘qishga kirgan bo‘lajak pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.

 

 

Kamida 15 yil stajga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘shimcha uy-joy ipoteka yengilliklari joriy qilinadi.

 

O‘qituvchi kasbining maqomi va nufuzi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qolishi ta’kidlandi.