Tarmoqlarda o‘quvchining maktabda pichoq o‘ynagani videosi tarqaldi. O‘quvchi ko‘rilgan choradan norozi - Ta’lim xabarlari
Tarmoqlarda o‘quvchining maktabda pichoq o‘ynagani videosi tarqaldi. O‘quvchi ko‘rilgan choradan norozi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchisining sinf xonasida pichoqni namoyishkorona o‘ynagani videosi tarqaldi.

 

Mazkur holat Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-maktabda sodir bo‘lgani aytilmoqda.

 

Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan bildirilgan rasmiy munosabatga ko‘ra, maktabning 11-sinf o’quvchisi o’rtoqlariga maqtanish maqsadida pichoq ko’rinishidagi o’tmas jism (o’yinchoq) olib kelgan va tanaffus vaqtida atrofidagilarga ko’rsatib maqtangan.

 

“O‘quvchi va uning ota-onasi bilan mahalla inspektori maktab rahbariyati va Milliy gvardiya xodimlari ishtirokida sodir etilgan xatti-harakati yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Voyaga yetmagan o’quvchining ota-onasiga nisbatan MJ tKning 47-moddasiga asosan jarima jazosi qo’llanilgan.

Ayni vaqtda o’quvchi o’zining xatti-harakatiga nisbatan ko’rilgan choradan noroziligini maktab ma’muriyati va Milliy gvardiya xodimiga bildirgan hamda videolavhani ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan”, – deyiladi boshqarma munosabatida.

 

Ta’kidlash lozim, oldinroq Yunusobod tumanidagi 235-maktab o‘quvchilari sinfda karta o‘ynab o‘tirgani videosi tarqalgani xabar berilgandi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры