Texnika va texnologiya talabalari uchun UzGTL stipendiya tanlovi e’lon qilindi

Texnika va texnologiya talabalari uchun UzGTL stipendiya tanlovi e’lon qilindi

Oliy ta’lim muassasalari iqtidorli talabalariga mo‘ljallangan “VII UzGTL stipendiya” tanlovi va ishlab chiqarish amaliyoti e’lon qilindi. Tanlovda texnika va texnologiya yo‘nalishidagi 3-4-bosqich bakalavr va 1-2-bosqich magistrantlar, faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishlari mumkin.

 

 

Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:

 

 

1-bosqich. Joriy yilning 19-sentabr sanasidan 5-oktabriga qadar talabgorlardan ushbu havola orqali anketa to‘ldirib, ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

 

2-bosqich. Joriy yilning 15-oktabridan – 25-oktabriga qadar onlayn anketalar orqali saralangan talabalar o‘rtasida tanlagan mutaxassisliklari va xorijiy til bo‘yicha yozma ish shaklida imtihon o‘tkaziladi.

3-bosqich. Joriy yil noyabr oyining ikkinchi haftasiga qadar ikkinchi bosqichda yuqori natijaga erishgan talabalar suhbatda ishtirok etadi.

 

 

Har bir bosqich natijalari va keyingi bosqichga o‘tganlar ro‘yxati Korxonaning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.

 

 

G‘olib talabalar 2025/2026-o‘quv yili davomida stipendiya oladilar va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so‘ng doimiy ish bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga, muvaffaqiyatli ishtirok etgan, lekin g‘olib bo‘lmagan talabalar ham Uzbekistan GTL MChJ zavodida ishlab chiqarish amaliyotini o‘tashlari mumkin; transport, yashash va ovqatlanish xarajatlari Korxona tomonidan qoplanadi.