Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrdagi “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–286-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, 2025-yil 1-noyabrdan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha Yagona portal my.gov.uz orqali murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, 2026-yil 1-yanvardan oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim jarayoni bilan bogʻliq davlat xizmatlari Yagona portal orqali koʻrsatiladi.
