Rossiyada maktab o‘quvchilariga ko‘p “uy vazifasi” berish taqiqlandi

Rossiyada maktab o‘quvchilariga ko‘p “uy vazifasi” berish taqiqlandi

Rossiya Federatsiyasi Xalq ta’limi vazirligi 2025-yil 1-sentabrdan boshlab uy vazifasini bajarish vaqti bo‘yicha qat’iy cheklovlar belgiladi. Bu haqda tegishli hujjat bilan tanishgan RIA Novosti xabar berdi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilari uy vazifasiga 1 soat, ikkinchi va uchinchi sinf o‘quvchilari 1,5 soat, to‘rtinchi sinf o‘quvchilari esa 2 soat vaqt sarflashi lozim.

 

“2025-yil 1-sentabrdan boshlab fanlar bo‘yicha yagona rejalashtirish joriy etiladi, nazorat va tekshiruv ishlari, jumladan, butunrossiya tekshiruv ishlari (darslar umumiy sonining 10 foizidan ko‘p bo‘lmagan) hamda uy vazifalarini bajarishga normativ belgilanadi”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Xalq ta’limi vaziri Sergey Kravtsov RIA Novosti’ga.

 

Bundan tashqari, maktab har bir sinf o‘quvchilarining barcha fanlar bo‘yicha uy vazifasi hajmini nazorat qilishi kerak bo‘ladi.

 

Keyingi dars uchun uy vazifasi o‘sha dars jarayonida berilishi tavsiya etiladi, elektron jurnal mavjud bo‘lsa, o‘qituvchi barcha ma’lumotlarni o‘quv kuni tugashidan kechiktirmay u yerga ham kiritishi shart.

 

Uzoq tayyorgarlikni talab qiladigan topshiriqlar (referat, ma’ruza, taqdimot, she’r yodlash) uchun esa o‘quvchilarga yetarli vaqt berilishi lozim.