Oʻqishni koʻchirish imtihonidan oʻtgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

Oʻqishni koʻchirish imtihonidan oʻtgan talaba oliygohga qanday hujjatlar taqdim etishi kerak?

Oʻqishni koʻchirish imtihonlaridan muvaffaqqiyatli oʻtganlar talabalarga oliygoh tomonidan aloqa xati beriladi va aynan shu hujjatda qanday hujjatlar olib kelinishi lozimligi koʻrsatilgan boʻladi, jumladan:

 

– diplom yoki attest asl nusxasi;

– transkripti yoki reyting daftarchasi asl nusxasi;

– akademik maʼlumotnoma;

– 1-kursga qabul qilinganlik boʻyicha buyruqdan koʻchirma;

– kursdan-kursga oʻtganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma;

– talabalar safidan chetlashtirilganligi toʻgʻrisida buyruqdan koʻchirma;

– oliygoh akreditatsiya (sertifikat yoki litsenziya) hujjatlarini taqdim etishi kerak.