Xabaringiz bor, hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son ‘‘Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’ gi qarori bo‘yicha attestatsiya imtihonlari o‘tkaziladi.
Hozircha oʻzgarishlar yoʻq. Pedagoglar attestatsiyasi shu Nizom asosida tashkil etiladi.
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning birinchi bosqichida — pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 ta test topshirig‘i beriladi.
birinchi bosqichda – pedagogning mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida 40 (35 ta mutaxassislik fandan+5 ta pedagogning kasbiy standartlaridan) ta test topshirigʻi beriladi.
Har bir toʻgʻri bajarilgan test topshirigʻi 2 ball bilan baholanib, test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi.
ikkinchi bosqichda – pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.
Har ikkala bosqich ham bir vaqtda kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlari hamda boshlangʻich taʼlimga 120 daqiqa, qolgan fanlarga 90 daqiqa vaqt ajratish rejalashtirilmoqda.
P.S. Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun alohida tartib ishlab chiqilgan.
Nazorat materiallari spetsifikatsiyasi va adabiyotlar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali tanishib koʻring.
Tez orada pedagogik mahorat va kasbiy standartlar boʻyicha nazorat materiallari spetsifikatsiyasi e’lon qilinadi.
