Dunyo tezkor rivojlanar ekan, ish beruvchilar va jamiyatlarga zarur bo‘lgan ko‘nikma hamda bilimlar ham o‘zgarib bormoqda. Mazmunli va muvaffaqiyatli faoliyat qurmoqchi bo‘lgan talabalar uchun to‘g‘ri yo‘nalishni tanlash hech qachon bugungidek muhim bo‘lmagan. Texnologik yutuqlar, ekologik muammolar yoki ijtimoiy ustuvorliklarning o‘zgarishi tufayli ayrim sohalarga bo‘lgan talab ortib borayotgani, global miqyosda oliy ta’lim kelajagini belgilab bermoqda.
UNESCO UIS global ma’lumotlariga ko‘ra, biznes, boshqaruv va huquq, muhandislik/ishlab chiqarish/ qurilish (STEMning katta qismi), sog‘liqni saqlash va ijtimoiy farovonlik, ta’lim, hamda san’at va gumanitar yo‘nalishlari bugungi kunda talab eng yuqori bo’lgan va yoshlar tomonidan ko’p qiziqish bildirilayotgan sohalar hisoblanadi.
Shuningdek, «University of Business and Science» (UBS) universiteti mutaxassislarining ma’lum qilishicha, joriy yilgi qabulda abituriyentlar eng ko’p quyidagi yo’nalishlarga hujjat topshirgan:
1. Iqtisodiyot fakultetidan — iqtisodiyot yo’nalishi
2. Texnika va axborot texnologiyalari fakultetidan – Axborot tizimlari va texnologiyalari
3. Pedagogika fakulteti — pedagogika yo’nalishi
4. Tibbiyot fakulteti — davolash ishi
5. Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti — Filologiya va tillarni o’qitish (Ingliz tili)
Bundan tashqari, UBS universitetida ko’plab talabgir yo’nalishlarga boshqalarga qaraganda ko’proq kvota ajratilgani xabar qilindi.
Jumladan, iqtisodiyot va biznes sohalariga qiziquvchilar uchun «Bank ishi», «Soliqlar va soliqqa tortish», «Moliya va moliyaviy texnologiyalar», «Bank ishi», «Buxgalteriya hisobi», «Biznesni boshqarish», «Menejment», «Marketing», «Statistika» kabi yo’nalishlariga 300 dan ortiq kvota belgilangan.
Agar abituriyent pedagogik ta’lim va psixologiya bilan bog’liq yo’nalishlari ko’proq qiziqtirsa va oq’ishni bitirib o’qituvchilik kasbini egallashni istasa, ular uchun pedagogika yo’nalishlari taqdim etiladi. Masalan, «Maktabgacha ta’lim», «Pedagogika va psixologiya», «Boshlang’ich ta’lim», «Filologiya va tillarni o’qitish», «O’zbek tili va adabiyoti», «Xorijiy til va adabiyot» kabi pedagogik yo’nalishlarga talab yuqoriligidan kelib chiqib, 500 ga yaqin o’rin ajratilgan.
Bugungi kunda tibbiyot, farmatsevstika soha vakillariga bo’lgan talabning yuqoriligi hamda abituriyentlarning ayni shu sohaga eng ko’p o’qishga kirish istagi yuqorilgidan kelib chiqib, shu yo’nalishlar doirasida ham eng ko’p kvota ajratilgani ma’lum qilindi. Taqdim etilgan statistikaga ko’ra, «Stomotologiya», «Davolash ishi», «Farmatsiya», «Pediatriya ishi», «Oliy hamshiralik» kabi yo’nalishlarning har biriga 400 tadan ko’proq qabul rejalashtirilgan.
Bilim va malakalarni baholash agentligi taqdim etgan statistikaga ko’ra, 2024-2025 o‘quv yili uchun abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan yo‘nalishlar statistikasi quyidagicha bo’lgan:
1. “Yurisprudentsiya” yo‘nalishi
2.“Iqtisodiyot” yo‘nalishi
3. “Davolash ishi” yo‘nalishi
4. “Xorijiy til va adabiyot: ingliz tili” yo‘nalishi
5. “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” yo‘nalishi
5. “Maktabgacha ta’lim” (2767) va “Boshlang‘ich ta’lim” yo‘nalishi
6. “Stomatologiya” yo‘nalishi
Eslatma! Ushbu statistika 2024-2025 0’quv yili uchun qabulda 5 ta ta’lim yo’nalishidan aynan birinchi yo’nalishga oid ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
Muhim! University of business and science (UBS) universitetiga qabul davom etmoqda.
Onlayn ariza topshirish uchun – qabul.ubsu.uz
Bog‘lanish uchun raqam: +998555202626
Litsenziyani tekshirish – Tekshirish

