Avstriyada ayol va qizlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturi (magistratura)

Avstriyada ayol va qizlar uchun to‘liq moliyalashtiriladigan grant dasturi (magistratura)

Helmut Veith stipendiyasi dastur quyidagi yo’nalishlarni o’z ichiga oladi:

 

Master in Logic and Computation

 

Master in Business Informatics

 

Master in Computer Engineering (Technische Informatik)

 

Master in Data Science

 

Master in Media and Human-Centered Computing

 

Nomzodlardan kuchli matematik bilim va quyidagi sohalarga qiziqish so’raladi:

 

— Logic in Computer Science

 

— Formal Methods and Verification

 

— Foundations of Artificial Intelligence

 

— Algorithms and Complexity

 

— TheoryComputer Security

 

Maqbullik shartlari

 

Nomzodlar:

 

— Bakalavr bosqichini Computer science yoki matematika/texnologiya sohasi bo’yicha yakunlagan ayol va qizlar bo’lishi;

 

— Kuchli matematik va texnik salohiyat;

 

— Ingliz tilini yaxshi bilish;

 

Maqbullik shartlari haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada o’qish mumkin.

 

Foydali tomonlari

 

— Vena texnologiya universitetida magistratura bosqichida o’qish uchun kontrakt to’lovidan ozod qilinadi;

 

— 2 yil davomida yiliga €7,000 stipendiya bilan ta’minlanadi.

Hujjat topshirish

 

Dasturga ushbu havola orqali hujjat topshirish mumkin.

 

 

Ariza topshirishda quyidagi hujjatlar so’raladi:

 

— Cover letter (arizachi hujjat topshirayotgan dastur va unga tegishli hisoblangan jihatlar tasvirlangan xat)

 

— CV (Tarjimayi hol)

 

— Motivatsion xat (nega bu dasturga ariza topshirayotgani, nega ushbu stipendiya kerakligi, fakultetning qaysi guruhi bilan magistratura bosqichini o’qimoqchili va sabablari keltirilgan xat)

 

— Universitet imtihon baholari

 

— Bakalavr dilpomi yoki tegishli sertifikatlar ( agar bakalavr bosqichining so’nggi yili yakunlanmagan bo’lsa, universitetning muhri va mas’ul shaxs imzosi tushirilgan o’qiyotganlik haqida ma’lumotnoma

 

— 2 nafar tavsiya beruvchi shaxslar (refree)ning kontakt ma’lumotlari

 

— Ingliz tilini bilish darajasi sertifikati ( TOEFL yoki muqobil sertifikatlar)

 

— Pasport nusxasi

 

Hujjat topshirish jarayoni haqida batafsil ushbu havolada “Application Process” bo’limida tanishishingiz mumkin

 

Qoʻshimcha maʻlumotlar

 

Muhim: Dastur ishtirokchilari o’qish davomida yaxshi natijalar ko’rsatishlari kerak, ya’ni magistratura bosqichi boshlanganidan buyon o’rtacha har bir kurs uchun tegishli o’quv dasturidan kamida 25 ECTS krediti (oxirgi muddat – qishki semester uchun 30-aprel; yozgi semester uchun 30-noyabr) va kamida o’rta hisobda 1,5 darajada baholar olishi lozim. Aks holda, stipendiya bekor qilinishi mumkin. Stipendiya sohiblari o’qish davomida Avstriyada istiqomat qilishlari kerak.

 

Qo’shimcha savollar uchun helmut_veith_stipend@tuwien.ac.at elektron manziliga murojaat qilish mumkin.