Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarorining 3-bandi (yangi tahriri) ga ko’ra, toifa sertifikati bor boʻlgan yoki toifa testlarida “mutaxassis lavozimini saqlangan” pedagoglardan kasbiy Sertifikat talab qilinmaydi.
Belgilansinki:
– stajyor-oʻqituvchilar bir yilga ishga qabul qilinadilar, muddat yakunlangandan soʻng, faqat kasbiy sertifikat olgan yoki navbatdan tashqari pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etib, kamida mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimi saqlangan darajada koʻrsatkichga ega boʻlgan pedagoglar bilan belgilangan tartibda oʻqituvchi sifatida mehnat shartnomasi tuziladi;
– 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab esa pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar ham kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Talabgor – kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi hamda avval kasbiy sertifikatlashda ishtirok etib oʻta olmagan stajyor-oʻqituvchi yoki mutaxassis lavozimidagi, shuningdek pedagoglar attestatsiyasidan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas deb topilgan pedagog kadrlar.
