Oliygohlar reytingini aniqlashda kurash seksiyalari tashkil etilganligi uchun ham ball beriladi

Oliygohlar reytingini aniqlashda kurash seksiyalari tashkil etilganligi uchun ham ball beriladi

Prezidentning “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va ommalashtirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 20-dekabrdagi PQ–450-son qarorida oliy taʼlim muassasalarining sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi kabi mezonlarni oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash mezonlari sifatida belgilash vazifasi topshirilgan.

 

Shunga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritmoqda.

 

Muhokama uchun joylashtirilgan loyihaga koʻra oliy taʼlim muassasalari sport klublarida kurash seksiyalari tashkil etilganligi va faoliyati muntazam yoʻlga qoʻyilganligi, talabalarining musobaqalarda sovrinli oʻrinlarni egallaganligi uchun reytingda 1 ball berish taklif etilmoqda.