Musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari ham yangi tartib asosida toifa olishadi

Musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari ham  yangi tartib asosida toifa olishadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilinganligi hamda musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga toifa berishning (2 bosqichli) yangi tartibi ishlab chiqilishi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy imtihon) Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar bergan edik.

 

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Madaniyat vazirligining qarori qabul qilindi.

 

Qaror asosida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun amaliy (ijodiy) imtihon sinovlarini oʻtkazish tartibi va baholash mezonlari tasdiqlandi.

 

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun 2025-2026 oʻquv yilidan boshlab, (2025-yil avgust-dekabr oylarilari attestatsiyasidan boshlab):

 

birinchi bosqich – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari (40 ta test savoli 1 baldan jami 40 ball);

 

ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi tomonidan belgilangan bolalar musiqa va sanʼat maktablarida tashkil etiladigan amaliy (ijodiy) imtihon (4 ta topshiriq 20+15+15+10 jami 60 ball shaklida oʻtkaziladi).

 

Taʼkidlash joizki, mazkur baholash mezonlari 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadlar attestatsiyasidan boshlab joriy etiladi (yanvar-iyun oylari attestatsiyasida esa, oʻtgan yillardagidek 50 ta test savoli beriladi).