Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan “Bibtexnika” karvonini hududlarga joʻnatish jarayoni boʻlib oʻtdi.
Bundan koʻzlangan maqsad umumtaʼlim maktablari kutubxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kutubxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashdan iborat.
Unda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etib, jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.
“Bibtexnika” jamlanmasida quyidagilar mavjud:
jamlama kitobi,
inventar kitobi,
kundalik daftari,
kitobxon formulyari,
“choʻntakcha”,
alifboli kartochka,
qaytaruv varaqasi,
toʻplam gʻilofi.
Bugungi kunda Respublika boʻyicha 14 ta “Bolalar kutubxona”lari hamda umumtaʼlim maktablarida jami 12 067 nafar kutubxonachilar faoliyat olib bormoqda.