Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 27-fevraldagi 72-son buyrug‘i asosida umumta’lim maktablarida markazlashgan summativ baholash sinovlari quyidagi fanlar bo‘yicha tashkil etiladi.
2024/2025-o‘quv yili III chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:
12-19 mart kunlari – o‘quvchilar uchun onlayn shaklda summativ baholash sinovlari o‘tkaziladi. Bu jarayonda ishtirokchilar emaktab.uz platformasi orqali test va topshiriqlarni bajarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
18 mart kuni – an’anaviy (qog’oz variantda) shaklda sinovlar o‘tkaziladi. Bunda o’quvchilar qog’oz variantda, o‘qituvchilar nazorati ostida sinovlarni topshiradi.

